UZZOL (arab. — pastga sakrash, tushish) — Oʻn ikki maqom va Shashmakom tarkibida maʼlum shoʻba nomi. Unda kuy harakatida 4 — 5 pogona pastga qoʻqqisdan sakrash (tushish) roʻy beradi. Uzzolning dastlabki kuy tuzilishi haqida maʼlumot yoʻq. Musiqa risolalarida uning kvinta diapazonidagi tovush qatorigina keltirilgan. Shashmaqomda Buzruk maqomining birinchi guruh shoʻbalari orasida «Talqini Uzzol», «Nasri Uzzol» nomli shoʻbalar va «Ufari Uzzol» qismi mavjud. Ular juda yokimli va jozibali ashula yoʻllari boʻlib, boshlanish jumlasida kuy kvartagacha pastga sakraydi. Xorazm makrmlarida esa bu harakat pogonamapogʻona tushiriladi. Uzzol shoʻbalari va ufari daromad, miyonxat hamda tushirim qismlaridan tarkib topgan, 3 turli doyra usulida ijro etiladigan bir xil ashula yoʻlidir. Uzzol namud sifatida ham koʻpuchraydi. Namudi U. Buzruk va Rost makrmlarining turli shoʻbalarida, shuningdek, yirik shakldagi mumtoz kuy va ashulalarda, bastakorlar ijodida ham keng qoʻllanilgan. Uygʻurlarda Oʻzhol deb nomlanib, kuy tuzilishi Shashmakrmdagi Uzzoldan butunlay farq qiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые