UNJA — RFning Yevropa qismidagi dare, Volganing chap irmogʻi, Vologda va Kostroma viloyatlaridan oʻtadi. Kema va Lundonga daryolarining qushilishidan hosil boʻlib, Gorkiy suv omboriga quyiladi. Uz. 426 km, havzasining mayd. 27,8 ming km2. Noyab. da muzlab, apr. da muzdan boʻshaydi. Suv sarfi quyilish joyidan 50 km da 160 m3/sek. Quyi oqimida kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Unja boʻyida Makaryev, Manturovo, Kologriv sh. lari joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые