ALAVIY (Abdulla Alaviy) (1903, Pskent—1931.7.1, Samarqand) — shoir, adabiyotshunos. Leningraddagi Sharq tillari in-tida tahsil koʻrdi va shu oʻquv yurtida (1924—27), Samarqanddagi Ped. akademiyasida (1927—30) daryo berdi. Alaviy barmoq vazniga asoslangan oʻzbek sheʼriyatining badiiy imkoniyatlarini kengaytirdi, oʻzbek adabiyotidagi sochma (erkin) sheʼr boshlovchilardan biri boʻldi. Pskent tumanining Evalak qishlogʻida istiqomat qilgan Berdi baxshi ogʻzidan «Alpomish» dostonini yozib olgan (1926) .
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые