HIND TILLARI

HIND TILLARI, hind-oriy t i l l a r i — hind-yevropi tillari oilasiga mansub, qal. hins gilidan kelib chiqqan genetik qaripdosh tillar guruhi; darl tillari va eronii tillar b-i birgalikda mazkur oila tarkibidagi hind-eroniy tillar tarmogʻipi tashkil egʻadi. Hoz. davrda Hind tillari Hindistonnish shim. va markaziy huludlarida (hindiy, urlu, bengal. panjobi, marathiy, gujarot, oriya. assom, sindhi va b. tillar), Pokistonda (urdu, panjobi, sindhi va b.), Bangladeshda (bengal).

Shri Lanka (singal) va Maldiv Respublikasida (maldiv) tarqalgan. Ushbu mintaqadan tashqarida tarqalgan loʻli tshi ham Hind tillari guruhiga mansubdir. Umuman, 90 dan ortiq jonli til va lahjalarda 800 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi (oʻtgan asrning 90-y. lari oʻrtalari).

Hind tillari tarixi asosan 3 davrga boʻlinadi: eng qad. (taxm. mil. av. 12-a. dan boshlanadi), oʻrta (mil. av. 1-ming yillikning oʻrtalaridan) va yangi davr (mil. 10-a. dan keyin boshlangan). Ushbu davrlar Hind tillari ningdastlabki sintetikflek-tiv holatidan asta-sekin fonetik-morfologik oʻzgarishlar natijasida analitik vositalarning, agglyutina-tiv tizimning paydo boʻlishi bilan farklanib turadi.

Zamonaviy Hind tillari 20 dan ortiq yirik tillarni va baʼzan bir-biridan jid-diy farq qiluvchi koʻplab lahjalarni qamrab oladi. Bu tillarning dastlabki tasnifini 19-a. ning 80-y. larida nemis olimi A. F. R. Xyornle taklif etgan va 20-a. ning 20-y. larida ingliz-irland olimi J. A. Grirson lisoniy nuqtayi nazardan ishlab chiqqan. Unga koʻra, Hind tillari «tashqi», «ichki» va oraliqtillarga farqlanadi. Hind til-shunoslari koʻpincha hind olimi S. K. Chatterjiy tasnifiga rioya qila-dilar. Ushbu gasnifda Hind tillari, J. A. Grirson tasnifidan mohiyagan farq qilmagan holda, shim., garbiy, markaziy, sharqiy, jan. guruhchalarga boʻlinadi. Hindistondan tashqarida boʻlgan loʻli, pariya (Tojikisgonlagi lahja), singal, maldiv va b. tillarga mahalliy tillarning birmuncha taʼsiri seziladi.

Hind tillari leksikasida 3 qatlam: sanskritcha soʻzlar; sanskritcha boʻlmagan, mahalliy soʻzlar va arab, fors, ingliz va b. tillardan oʻzlashgan soʻzlar qatlami farqlanadi.

Hind tillari tarixan brahmi asosida shakllangan koʻplab alifbolardan (mas, devanagari, gurmukhi va b.) foylalanadi (q. Hind yochuvi). Hindistonning shim. va shim.-gʻarbidagi ayrim tillar (urdu, siidhi) ularga moslashti-rilgan arab-fors grafikasidan foydalanadi. Hindiy, urdu, bengal, marathiy, panjobi, singal kabi Hind tillarida boy adabiyot yaratilgap. Hind tillarini oʻrganishda koʻplab rus va yevropa olimlari qatori O. N. Shomatov, T. X. Xolmir-zayev, A. Ibrohimov va b. oʻzbsk olimlari ham samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar. Toshkspt davlat sharqshunoslik in-ti mazkur tillarni oʻrganuvchi asosiy markazlardan biriga anlangai.

Ad.: Zograf G. A., Yaziki Indii. pakistana, Seylona i Nepala, M.. 1960; Chatterdji S. K., Vvedenis vipdoarinskoye yazikoznaniye, per. s angl., M., 1977; Zograf G. A., Yazmki Yujnoy Azii, M., 1990; shomatov O. N., Janubiy Osiyo tillariga kirish, 1—3-qismlar, T., 2002—04.

Ozod Shomatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x