FITCH

FITCH (Fitch) Val Logsdon (1923.10.3, Merriman) — amerikalik fizik, AQSH Milliy akademiyasi aʼzosi (1966). MakGill un-tini tugatgan (1948). Kolumbiya un-ti (1953 — 54), Prinston un-tlarida (1954-y. dan) ishlagan, falsafa fanlari dri (1954), prof. (1960-y. dan). Ilmiy ishlari yadro va mezon fizikasi hamda elementar zarralar fizikasiga oid. smezon massasini (J. Reynuoter bn), myumezon chikaradigan rentgen nurlari spektrini oʻlchagan, myumezoatomlarini kashf etgan (1953). Tartib raqami 13^85 oraligʻidagi yadrolar radiusini oʻlchadi va 1,210 13 sm ga tengligini koʻrsatdi (1953). Tauva teta mezonlar yashash vaqti tengligini eksperimental tasdiqladi (1956), /Gmezonni kashf etdi (1960). J. Kronin va b. bilan 1964-y. da neytral kaonning noyob yemirilishini anikladi. Birinchi marta K° va K°mezonlar interferensiyasini kuzatdi (1965). Nobel mukofoti laureati (1980).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x