FEDERATSIYA

FEDERATSIYA (soʻnggi lot. foederatio — birlashma, uyushma) — 1) davlat tuzilishi shakli; yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi boʻlgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab (uyushma) davlat. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, oʻlka, kontonlar) Federatsiya subyektlari hisoblanadi va oʻz maʼmuriyhududiy boʻlinishlari boʻladi. Federatsiyada yagona konstitutsiya, yagona ittifoq (federal) davlat hokimiyati organlari boʻladi, yagona fuqarolik, pul birligi va sh. k. amal qiladi. Unitar davlatdan farqli ravishda Federatsiya hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga — federal organlar va Federatsiya aʼzolarining tegishli organlariga ega boʻladi. Federal organlar mamlakatning hamma qududida oʻz vakolat va vazifalarini amalga oshiradi. Federatsiyani tashkil etuvchi davlat tuzilmalari tom maʼnoda davlat hisoblanmaydi. Ular suverenitetga, ittifokdan bir tomonlama chiqish huquqiga ega boʻlmaydi, yuridik jihatdan xalqaro munosabatlarda qatnashish xuquqidan mahrum. Ittifoq konstitutsiya™ yoki qonunlari buzilgan taqdirda markaziy hokimiyat Federatsiya subyektiga nisbatan majburlash choralarini koʻrish huquqiga ega. Federatsiyaning eng zarur belgilaridan biri — federal parlamentning 2 palatali tuzilmasidir. Odatda, Federatsiya aʼzolarining oʻz mustaqil konstitutsiyasi boʻladi. Milliy (til) omilning ahamiyatiga qarab Federatsiya tuzilishini belgilashda hududiy asosdagi Federatsiya (AQSH, Avstraliya, Avstriya, GFR, Argentina, Venesuela, Braziliya, Meksika), milliy asosdagi Federatsiya (Hindiston, Belgiya, Nigeriya, Pokiston) va aralash milliyqududiy asosdagi Federatsiya (Rossiya Federatsiyasi, Shveysariya, Kanada) farklanadi. Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida, shuningdek, baʼzan konstitutsiyaviy Federatsiya (AQSH, Kanada, Braziliya), konstitutsiyaviyshartnomaviy Federatsiya (Rossiya Federatsiyasi) va shartnomaviy Federatsiya (Shveysariya, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, BAA), markazlashgan (mas, Hindiston, bu yerda bitta shtatdan boshka shtatlar oʻz konstitutsiyasi va fukaroligiga ega emas) va markazlashmagan Federatsiya (AQSH, GFR, Shveysariya) oʻrtasidagi farq koʻrsatib oʻtiladi.

Jahonda 21 ta federativ davlat bor (2005);

2) xalkaro yoki milliy jamoat tashkiloti (mas, Xalkaro shaxmat F. si).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x