HAZRATI XIZR MASJIDI — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (19-a. oʻrtalari); afsonaviy oʻlmas shaxs Hazrati Xizr nomi bilan bogʻliq. Bino Shohizinda J majmuasi qarshisidagi tepalikda joylashgan qad. masjid poydevori ustiga qurilgan (mehrobdagi yozuvga koʻra 1855-y.). Masjid xonaqoh, uning 2 yonida hujralar, qoʻshimcha xonalar, omborxona, minoradan iborat; keyinchalik binoga qoʻshimcha ayvon (1899), darvozaxona (1919) qurilgan. Bosh tarzidagiʻ tik zinapoyadan darvozaxonaga chiqiladi, undan uncha katta boʻlmagan xonaga kiriladi. Darvoza peshtoqgumbazli, peshtoqning 2 burchagiga qubbasi qovurgʻali guldasta-minoralar ishlangan; peshtoqning chap tomonida ravoqli, oʻymakori bezatilgan 5 ta yogʻoch ustunli peshayvon jozibador naqshlar bilan serhasham bezatilgan, qirma usulidagi ganch bezaklar mahorat bilan ishlangan. Peshayvondan baland gumbaz bilan yopilgan xonaqohga utiladi. Tashqarisi piltavor gumbaz 8 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan, oraligʻi muqarnaslar bilan ziynatlangan. Peshtoq hamda qafasali minora koshinkori bezatilgan, peshtoq poy-gumbaziga ravoqli darchalar ishlangan. Bino 20-a. 90-y. larida qayta taʼmirlandi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые