HUQUQ SUBYEKTI

HUQUQ SUBYEKTI — qonunga bino-an huquqqa ega boʻlish va zimmasiga yuridik majburiyatlar olish layoqatiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. H. s. huquqning barcha sohalarida huquqiy munosabatlarntgg zaruriy belgisi boʻlib, ularning har birida subyektlarning mavqei muayyan oʻziga xoslikka ega. Mas, fuqaroviy huquqiy munosabatlarda fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxs sifati-da; tijorat va notijorat tashkilotlari yuridik shaxs sifatida qatnasha-dilar; fuqaroviy huquqiy munosabatlar subyektlarining uchinchi turini davlatning oʻzi, davlat va mahalliy tuzilmalar tashkil etadi. Maʼmuriy huquqiy munosabatlarda asosan davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqa-rolar va ayrim hollardagina tashki-lotlar (yuridik shaxslar) Huquq subyekti boʻla oladi. Qonun biror shaxs yoki tuzilmani Huquq subyekti s sifatida tan olar ekan, uning davlat, davlat tashkilotlari, boshqa shaxslarga nisbatan tutgan oʻrnini tavsiflovchi huquqiy maqomini belgilab beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x