FAOLIYAT

FAOLIYAT — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat Faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Faoliyat shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy Faoliyat (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy Faoliyat (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy Faoliyat (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va b. sohalardagi Faoliyat).

Inson Faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, Faoliyat predmeti, motivlari, Faoliyatning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullari tashkil etadi. Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.

Keyingi davrlarda Faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, F. bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obyekti sanaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x