HORUN ar-RASHID

HORUN ar-RASHID (763 yoxud 766809.24.3) — abbosiylar sulolasidan boʻlgan xalifa (786-y. dan). Eron zodagonlari manfaatini ifoda etuvchi barmakiylar xonadonidan chiqqan vazirlar yordamida hokimiyatni idora qilgan, 803-y. barmakiylarni qirgʻin qilgach, davlatni yakka oʻzi boshqargan. Horun ar-rashid arR. davrida mamlakatda q. x., hunarmandchilik, savdo va madaniyat (asosan, adabiyot) ancha rivojlangan. Lekin shu bilan birga davlatning tanazzulga yuz tutganligining belgilari ham namoyon boʻla boshlagan (Daylam, Suriya va b. viloyatlardagi qoʻzgʻo-lonlar). Horun ar-rashid arR. Vizantiya bilan oʻtmishdoshlari boshlagan urushni davom ettirgan. Horun ar-rashid arRashid shaxsi haqida koʻplab rivoyatlar, badiiy asarlar yaratilgan. «Ming bir kecha» ertaklarida u olijanob, adolatli hukmdor sifatida tasvirlangan. Movarounnahrdagi Rofi ibn Lays qoʻzgʻoloninn bos-tirish uchun harbiy safarga chiqqanda vafot etgan.

Ad.: Bartold V. V., Karl Velikiy i Xarun arRashid, Sochineniya, t.6, M., 1966; Men A., Musulmanskiy Renessans, M., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x