FUTBOL

FUTBOL (ing. foot — oyoq, ball — toʻp) — sport oʻyini, 2 darvoza (7,32×2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45 — 90) da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Futbol toʻpining ogʻirligi 410—450 g, aylana diametrining uz. 68—70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min. dan 2 boʻlim, 12—15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).

Futbolga oʻxshash oʻyinlar mil. av. Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-y. da Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari Futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-y. da shu mamlakatdagi Sheffild sh. da ilk Futbol klubi tashkil etilgan. 1863-y. da Angliya F. uyushmasi tuzilib, Futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-a. ning oxiri — 19-a. ning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham Futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896-y. F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-y. da xalkaro futbol federatsiyasi — FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa Futbol chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.

Oʻzbekistonda 20-a. boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-y. da Qoʻqonda birinchi Futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan sh. larida ham Futbol jamoalari paydo boʻldi. 20-a. ning 20-y. laridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937-y. dan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956-y. da Toshkentda «Paxtakor» jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada Futbolning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-a. ning 80-y. laridan Oʻzbekistonda Futbol chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shaskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va b. qitalarda ham nom qozondilar.

1959-y. da tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-y. da (keyin 2001-y. da) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992-y. dan Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, Futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida» (1993-y. 18 mart) hamda «Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida» (1996-y. 17 yanv.)gi qarorlari Futbol dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning «Neftchi» klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), «Paxtakor» klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hoz. kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. Futbol klublari qoshida 18 ta Futbol internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, Futbolga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. Futbol universiada, «Barkamol avlod» va «Umid nihollari» musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan «Futbol gʻunchasi» musobaqalarida 692 jamoada 13840, «Futbolimiz kelajagi» musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning «Andijanka», Namanganning «Gulbahor», Qarshining «Sevinch» jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy Futbol chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan Futbol chilar oʻrtasida Toshkentning «Matonat» jamoasi (hoz. «Baynalmilal») jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hoz. kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta Futbol maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) Futbol bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). «Oʻzbekiston futboli» (Toshkent), «FutbolEkspress» (Andijon), «Asr futboli» (Namangan), «Inter futbol» (Kosonsoy), «Boks plyus futbol» (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gaz. lar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valiskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek Futboli ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. Futbolning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28—40 x 16—20 m, darvozasining oʻlchami 3×2 m, toʻpining ogʻirligi 400—600 g, aylana diametrining uz. 60—62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 min. (20 min. dan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan Futbol chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan Futbol chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. Mini Futbol boʻyicha jahon chempionati 1989-y. dan, Osiyo chempionati 1998-y. dan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston mini Futbol chempionati 1997-y. dan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston mini Futbol jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari Futbol chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta mini Futbolga moye maydon bor, 3235 kishi Futbolning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).

Futbol boʻyicha jahon chempionlari Yil Chempion 1930 Urugvay 1934 Italiya 1938 Italiya 1950 Urugvay 1954 GFR 1958 Braziliya 1962 Braziliya 1966 Angliya 1970 Braziliya 1974 GFR 1978 Argentina 1982 Italiya 1986 Argentina 1990 GFR 1994 Braziliya 1998 Fransiya 2002 Braziliya Futbol buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlari Yil Chempion 1954 Xitoy 1958 Xitoy 1962 Hindiston 1966 Birma 1970 Birma va Koreya Resp.

1974 Eron 1978 KXDR va Koreya Resp.

1982 Eron 1986 Koreya Respublikasi 1990 Xitoy 1994 Uzbekistan 1998 Eron 2002 Eron Ad.: Planeta futbola, M., 2002; Safarov V. A., Match dlinoyu v 40 let, T., 1996; Imomxoʻjayev A., Futbol — quvonchim, dardim, faxrim, T., 1996; Pravila igrы v futbol, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x