FUZAYL MAXDUM

FUZAYL MAXDUM — Abdugʻafurbek oʻgʻli, Hoji Abdulkarim (19-a. ning soʻnggi choragi, Karmana — 20-a. ning 30-y. lari) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlaridan biri. Yirik ulamo sifatida Buxoro amirligida shuhrat qozongan. 20-a. boshlaridan Qrrateginda beklik qilgan.

Buxoro bosqinidan soʻng Sharqiy Buxoroga qizil armiya qismlari bostirib kelganida F. M. Qorategin qoʻrboshisi sifatida Ibrohimbeknint asosiy oʻrinbosari hisoblangan. 1921-y. da uning koʻl ostida 3 ming yigitdan iborat 26 ta qoʻrboshilar dastalari harakat qilgan. U Qorategin va Sherobod muzofotlarida qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan. Fuzayl Maxdum 1921-y. martda Darvoz (markazi — Qalʼayi Xumb)ni ozod etib, bu yerda bolsheviklar hukmronligiga barham bergan.

F. M. Garm sh. da miltiqsozlik, oʻqdori yasash, harbiy kiyimlar tikish ustaxonalari ochgan. U oʻzi boshqargan viloyat hududida mustaqil siyosat yuritgan. Sadriddin Ayniynint yozishicha, «Fuzayl Maxdum oʻz davlatini mustahkamlash uchun qogʻoz aqcha ham bosib chikargan».

Qorategin va Darvoz qizil askarlar tomonidan bosib olingach, 1923-y. avg. oyida Fuzayl Maxdum kichik mikdordagi askarlari b-n Afgʻonistonga oʻtib ketgan. Keyinchalik u bir necha marta Sharqiy Buxoro hududiga qaytib, qizil askarlarga keskin zarbalar bergan.

Keyinchalik Hoji Abdulkarim nomi bilan Sharqiy Turkiston (Qashqar) dagi milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan. 20-a. ning 30-y. lari oʻrtalarida u Qashqardagi sovet elchixonasiga topshirilgach, sovet rejimi tomonidan qatl qilingan.

Ad.: Sadriddin Ayniy, 2j., T., 1964; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x