JAHON XOʻJALIGI GEOGRAFIYASI — iqtisodiy va ijtimoiy geogr. sohasi, xalqaro geografik mehnat taqsimotining shakllanishi, mamlakatlarning ixtisoslashuvi, har xil ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukmron boʻlgan sharoitda dunyodagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadi. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti jahon xoʻjaligini harakatlantiruvchi kuchi va negizidir.
Jahon xoʻjaligining geografik modeli 20-a. arafasida toʻla-toʻkis shakllanib boʻldi. Uning rivojlanishi 20-a. ning 1-yarmida ayrim hududlarni qamrab olinishi, mazkur asrning ikkinchi yarmida esa hududiy va ayniqsa tarmoqlar tarkibining takomillashtirilishi hisobiga amalga oshdi.
Hoz. zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida jahon xoʻjaligi va oʻning tarmoqlari strukturasida sodir boʻlayotgan keskin siljishlar Jahon xoʻjaligi geografiyasida katta oʻzgarishlar boʻlishiga olib kelmoqda. Shu bois Jahon xoʻjaligi geografiyasi dagi strukturali siljishlarni oʻz vaqtida oʻrganish nihoyatda muhimdir.
Jahon xoʻjaligining hozirgi vaqtdagi geografik modeli koʻndankoʻnga Moʻrakkablashib bormoqda. Jahon xoʻjaligi tarkibida 10 ta eng muhim va yirik markazlarni (Shim. Amerika, Yevropa, Yaponiya, Xitoy, Jan.-Sharqiy Osiyo, Braziliya, Jan.-Gʻarbiy Osiyo, Rossiya, Avstraliya va Hindiston) ajratish mumkin. Mana shu va b. mamlakatlar hamda regionlar doirasidagi va oʻrtasidagi iqtisodiy-siyosiy moʻnosabatlarni, oʻlarga xos xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlab berish Jahon xoʻjaligi geografiyasi sining muhim vazifasidir.
Iqtisodiyotning hoʻdoʻdiy joylashoʻviga taʼsir etoʻvchi tabiiy (tabiiy sharoit va resurslar, tabiiy aloqa yoʻllarining mavjudligi) va ijtimo-iyiqtisodiy (modsiy boyliklar i. ch. usullari, iqtisodiy geografik oʻrni, mehnat resurslari, transportiqtisodiy va b. iqtisodiy sharoitlar, texnik rivojlanish darajasi, sanoat va q. x. oʻrtasidagi nisbat, milliy daromad darajasi va h. k.) omillar tadqiq qilinadi va ular bilan bogʻliq muammolarni hal etish yoʻllari izlanadi.
Jahon xoʻjaligi geografiyasi 2 qismdan iborat boʻlib, birinchi — asosiy qismi moʻhim tushunchalar, tamoyillar, qonuniyatlar hamda dunyo regionlari va ayrim mamlakatlar miqyosida iqtisodiy salohiyatni belgilab beruvchi resurslar va omillar sistemasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi — regional mamlakatshoʻnoslik qismida Doʻnyo miqyosida iqtisodiy-siyosiy vaziyatni belgilab beruvchi regionlar hamda ayrim iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning majmuali iqtisodiy-ijtimoiy holati oʻrganiladi. Shuningdek, dunyo miqyosida aholisining soni, hududining kattaligi, yaʼni iqtisodiy salohiyati ulkan boʻlgan davlatlar ham mavjud. Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi tavsifi, ularning geografik oʻrni, tabiiy resurs omillari, aholisi va mehnat resoʻrslari, xoʻjaligi, ichki tafovuglari hamda tashqi iqtisodiy aloqalari boʻyicha mavjud maʼloʻmotlarga asoslanadi.
Jahon xoʻjaligi geografiyasi iqtisodiy qonoʻniyatlarga amal qilgan holdagina mamlakatlar va regionlarga ularga xos tarmoqlar va hududiy tarkiblarni global, regional va ayrim davlatlar miqyosida haqqoniy tadqiq etish vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
Jahon xoʻjaligi geografiyasida har bir mamlakatning dunyo iqtisodiyoti va siyosatida tutgan oʻrni va rolini baholashga muhim ahamiyat berilishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi jahon xoʻjaligi strukturasida sanoat (paxta tolasi, avtomobillar, samolyotlar, elektr energiya, tabiiy gaz, rangli, nodir va qimmatbaho metallar, qurilish xom ashyosi va b.) va q. x. (paxta va qorakoʻl terisi, sabzavot, meva va uzum, poliz ekinlari va b.) mahsulotlarini i. ch. va yetishtirishda muayyan mavqega ega.
Abduhakim Qayumov.