FRIZ TILI

FRIZ TILI — german tillarining gʻarbiy guruhchasiga mansub, Niderlandiyaning Frislandiya viloyatida, Gʻarbiy Friz o. larida va Germaniyaning Quyi Saksoniya (Zaterland) yerida, Shlezvig shim. gʻarbida, Shim. Friz o. larida, Gelgoland o. da tarqalgan til; asosan, ogʻzaki muloqot tili sifatida qoʻllanadi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni Niderlandiyada 400 ming, Germaniyada 20 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning 90-y.

lari).

Friz tili lahjalari 3 ta: gʻarbiy (Frislandiya), sharqiy (Zaterland) va shim. (Shlezvig). Frislandiya shaharlarida «shahar F. t.» varianta — niderlandiya tilining sezilarli taʼsiri boʻlgan variant tarqalgan. Genetik jixatdan kds. ingliz tili bilan uzviy bogʻliq. Friz tilining fonologik tizimida vokalizm ancha rivojlangan. Otlarda 2 ta jins mavjud. Kuchli va kucheiz feʼllar farkdanadi. Ilk yozma yodgorliklari 13-a. ga mansub. 16-a. dan barcha rasmiy doiralarda niderland tili qoʻllana boshladi, Friz tili, asosan, ogʻzaki muomala tiliga aylandi. Keyingi oʻn yilliklarda Niderlandiya maktablarida Friz tili izchil ravishda ukatila boshladi, koʻplab adabiyotlar, davriy matbuot nashr etildi. Yozuvi lotin grafikasi asosida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x