HASBI HOL

HASBI HOL (arab. — ahvol bayoni, hol-ahvol tasviri) — shoir yoki yozuvchi tomonidan muayyan vaziyatdagi hol-ahvoli bayoniga bagʻishlab yozilgan asar. H. h. koʻpincha masnaviy shaklida yozilib, biror shaxsga (hukmdor yoki yaqin kishisiga) qaratilgan maktub tarzida (mas, Alisher Navoiyning Sayy-id Hasan Ardasher nomiga yozgan mas-naviysi) yoki shoirning oʻz ahvolidan shikoyati, noroziligi bayonidan iborat boʻlishi mumkin (Mujrim Obidning «Hasbi hol»i, Shukuriy masnaviylari va b.). H. h. yozuvchi biografiyasini, u yashagan davrni oʻrganish uchun qimmatli manba qisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x