FOTEH NIYOZIY (1914.16.4, Samarkand — 1991.30.8, Dushanba) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1986). Samarqand Ped. akademiyasida oʻqigan (1934). 2jaqon urushi qatnashchisi (1941—45). Foteh Niyoziyning ijodi oʻtgan asrning 30-y. laridan boshlangan. Dastlab oʻzbek tilida «Mayak» (1933), «Bu kunning gʻazali» (1938), «Sevgi» (1940) singari toʻplamlari nashr etilgan. «Vafo» (1kitob, 1949; 2kitob, 1958) romani, «Qoʻshni qiz» (1954) qiyesasi yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. «Oʻrmonni xilvat bilma» (1975), «Qurolsiz askarlar» (1986) romanlarida 2-jahon urushining dastlabki (1941—42) y. lari voqealari ifodalangan. Foteh Niyoziy dramaturg va kinodramaturg sifatida ham «Vatanparvarlar» (1938), «Koʻprik» (1959) kabi dramalar, «Uchinchi qiz» (1971), «Gʻayurovlar oilasining sarguzashti» (1975) kabi kinossenariylar yaratgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureata (1977).
As: Vafo [roman], T., 1974. Ad.: Ijodkor doʻstlar, T., 1968.