FOZILOV

FOZILOV Nosir (1929.10.6, Qozogʻiston Respublikasining Turkiston tumani) — yozuvchi, tarjimon. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). U rta Osiyo un-tini tugatgan (1954). «Gulxan» jur. da masʼul kotib(1955—59), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1959—63; 1975—82), «Sharq yulduzi» jur. da masʼul kotib (196375; 198284; 198692). Birinchi toʻplami — «Irmoq» (1959). «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush qanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Koʻklam qissalari» (1970), «Bolaligim — poshsholigim» (1989), «Bir otar toʻpponcha» (1995), «Shum bolaning nabiralari» (1995), «Toshkentning nosi» (1996) va b. asarlar muallifi. Hikoya va qissalari milliy boʻyoqlarining yorqinligi, tilining jozibadorligi, xalq turmushi manzaralarining, ayniqsa, bolalarning ichki dunyosi, oʻykechinmalarining jonli tasviri, koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Asarlarida choʻl tabiatiga xos manzaralar shoirona chizilgan. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

As: Tanlangan asarlar [2 j. li], T., 1982 — 83; Ustozlar davrasida, T., 1989; Munavvar lahzalar, T., 1997; Sayd Ahmad noming baland, T., 1999; Eslasang, koʻngling yorishur, T., 2004.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x