FASIH HAVOFIY

FASIH HAVOFIY, Fasih Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad alHavofiy (1375.28.9 — taxm. 1443) — tarixchi olim. Temuriylar saroyida xizmat qilgan. Davlat ishlari bilan Hirotdan Samarqandga — Xalil Sulton huzuriga joʻnatilgan. 1415-y. da Shohrux saroyida xizmat qilgan. Muvadjahi devon — devon vaziri (1416—17) va devon boshligʻi (1417 — 18) kabi masʼul lavozimlarda ishlagan. Shohrux tomonidan Kermon (1422—24)ga yuborilgan. Boysungʻur saroyida devon boshligʻi (1425—30) boʻlgan.

Fasih Havofiy fors va arab tillarida sheʼrlar yozgan. 1433—42 y. larda fors tilida «Mujmali Fasihiy» [«Fasihiyning (tarixlar) majmuasi»] tarixiy asarini yozgan va uni Shohruxga taqdim etgan. Bu asar «Mujmal uttavorix» («Tarixiy sanalar yigʻindisi») deb ham yuritiladi. Asar debocha, muqaddima, 2 maqola va xotimadan iborat. Asarning asosiy qismida Fasih havofiy X,. arab xalifalari, safforiylar, somoniylar, gʻaznaviylar, saljuqiylar, gʻuriylar, xorazmshohlar toʻgʻrisida maʼlumot bergach, temuriylar tarixiga batafsil toʻxtalgan. Asarda, shuningdek, shoirlar, faqihlar, muhaddislar, shayxlar, shuningdek, iqtisodiy va madaniy hayot, oʻsha paytda qurilgan meʼmoriy obidalar haqida mufassal maʼlumot berilgan. Asar xotimasi Hirot sh. ga bagʻishlangan.

As: Mudjmali Fasixi, T., 1980.

Ad.: Materialы po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988; Bukj siymolar, allomalar, 2kitob, T., 1996.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x