FARGʻONA TIZMASI

FARGʻONA TIZMASI — Markaziy Tyanshanning gʻarbiy qismidagi (Qirgʻiziston) togʻ tizmasi. Fargʻona vodiysini Ichki Tyanshandan ajratib turadi. Shim. gʻarbda IsfanjoylovBoyboshota togʻ tugunidan boshlanib, Kichik Olay tizmasining sharqida Tuzbel dovonida (3934 m) tugaydi. Uz. 225 km, eng keng joyi 90 km dan ziyod. Bal. 3000 m. Eng baland joyi 4692 m. Koʻndalang profili assimetrik: jan-gʻarbiy yon bagʻri uzun va qiya, shim. sharqiy yon bagʻri kalta va tik. Gʻarbiy yon bafida Oʻzgan va Kuchari soyliklari, sharqiy yon bagʻrida Koʻkiyrim, Arpa soyliklari bor. F. t. dan Qoradaryo, Yassi, Kuchari, Qoraungur, Qoraqulja, Olabuqa va b. daryolar oqib tushadi. Tektonik jihatdan Fargʻona tizmasi gersin burmalanishi bosqichida shakllangan antiklinoriydir. Slanes, konglomerat, qumtosh, ohaktosh, metamorfik va choʻkindi hamda gabbro, diabaz kabi otqindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Jan. gʻarbiy yon bagʻrining quyi qismlarida mezokaynozoy davri otqindi togʻ jinslari keng tarqalgan. Iqlimi shim. sharqiy qismida keskin kontinental, yogʻin miqdori kam, jan. gʻarbiy yon bagʻrida esa moʻtadil, yogʻin miqdori moʻl (700—1000 mm). Fargʻona tizmasida, asosan, jan. sharqiy qismida muzlik koʻp (soni 156 ta, mayd. 125 km2). Fargʻona tizmasida boʻz, dasht, jigarrang, togʻoʻrmon, qoʻngʻir, togʻoʻtloq, subalp va alp tuproqlar tarqalgan. Tizmaning jan. yon bagʻrilarida mevali oʻrmonlar (yer yongʻoq, yovvoyi olma, nok, gʻaynoli, pista va b.), igna bargli daraxtlar, archazorlar, butalardan zirk, naʼmatak, baland qismlarida subalp va alp oʻtloqlari mavjud. Yovvoyi hayvonlardan qizil boʻri, tulki, bars, togʻ echkisi va qoʻyi, turli qushlar, sudralib yuruvchilar uchraydi.

Fargʻona tizmasining jan. gʻarbiy yon bagʻrida koʻmir, togʻ oldi qismida neftgaz konlari ochilgan.

Murod Mamatqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x