XELATLAR (yun. chele — qisqichbaqa panjasi) , kompleksonlar — mikroelementlarning metallorganik birikmalari; mikrooʻgʻit sifatida ishlatiladi. Suvda yaxshi eriydi, oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi, tuproq kolloidlari taʼsirida choʻkmaga tushmaydi. Mikroorganizmlarning yemirish taʼsiriga qarshi turish xususiyati, barcha tuproqlarda gidrolizga qarshi turgʻunligi, oʻsimliklarga zararli taʼsiri yoʻqligi bilan ahamiyatli. Tarkibida 1012% temir, 610% rux, 810% marganes, 9—18% mis bor. Tuproqqa ekin ekish oddidan boshqa oʻgʻitlar bilan birga solinadi, barglar orqali oziqlantirishda qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые