BETAGA

BETAGA (Festuca sulcata Hack) — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, ildiz oldi serbarg boʻladi. Boʻyi 35—45 sm. Iyunda gullaydi. Sent. ning birinchi yarmida urugʻi pishadi. Kuzgi namlikda koʻkarib, qishda maysa boʻladi. Betaga chim hosil qiluvchi oʻsimlik. Chimning diametri 70—110 sm ga yetishi mumkin, lekin bunda chimning markazi albatta qurigan boʻladi. Togʻlarning oʻrta va yuqori qismlaridagi tekisliklar va shim. qiyaliklarda shuvoq va chalov (5Ira) larning har xil turlari bilan birga oʻziga xos betagazorlar yuzaga keltiradi. Betagani qoʻy, echki, yilqi va qoramol ayniqsa bahorda (gullaguncha) va kuzda (namlikda chiqqan yangi barglarini) xush koʻrib yeydi. Havo sernam kelgan yillarda uni pichanga oʻrish ham mumkin. Maysasida 14,6% protein, 3,3% yogʻ va 24,6% kletchatka; boshoq chiqarganda 11,7% protein, 29,6% kletchatka; gulla Betaga. ganda 9,7% protein, 29,6% kletchatka; urugʻlaganda 8,3% protein va 31,0% klechatka boʻlishi aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x