BESARAGOTA TIZMASI — Nurota tizma togʻlarining jan. gʻarbiy tarmogʻi, Navoiy viloyatida joylashgan. Eng baland joyi 556 m. Uz. 12 km. Jan. gʻarbiy yon bagʻirlari Nurota vodiysiga sekin-asta kiyalanib boradi va kuruq soylar bilan parchalangan. Shim. sharqiy yon bagʻirlari Nurota tizmasi yonidagi pastqamlikka tik tushgan. Paleogen va neogenning ohaktosh, qumtosh, gil va konglomeratlaridan tuzilgan. Tizmaning quyi yon bagʻirlari och boʻz, yuqori qismi esa tipik boʻz, mayda shagʻalli tuproqlar b-n qoplangan. Tuproqpar eroziyaga berilganligi tufayli yer usti tuzilishi oʻrqirli. Yon bagʻirlarida asosan shuvoq, efemerlardan suvrang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, arpaxon va b. keng tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые