FONON ILMIY ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI

«FONON» ILMIY ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASIzargarlik sanoati korxonasi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida faoliyat koʻrsatadi. Oltin va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho uyroʻzgʻor idishlari, Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari, qimmatbaho tangalari va optik hamda lazer kristallari ishlab chiqaradi. Tarkibida 1sonli z-d (Toshkent zargarlik zavodi), 3sonli z-d, 4sonli z-d va qoʻshma korxonalar («Kumush», «Uzbek Jewellery») hamda ilmiy markaz bor. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1991-y. 6-maydagi qarori asosida Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi intida akad. M. X. Ashurov rahbarligida lab. da olib borilgan ilmiy izlanishlarni i. ch. ga joriy etish asosida tashkil etilgan. 1992-y. dan muntazam ish faoliyatini boshlagan birlashma Oʻzbekistonda zargarlik sanoatini rivojlantirishda salmoqli oʻringa ega. Birlashmaning Ilmiy markazida xalqaro fantlar hisobiga muhim yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar olib boriladi. Hoz. ishlab chiqarilayotgan asosiy mahsulotlari chet ellarga eksport kilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x