BENEFIS (frans. benefi ce — foyda) — tushumi toʻla yoki qisman teatr jamoasi yoki ayrim aktyorga toʻlanadigan spektakl. Birinchi B. Fransiyada 1735 i. oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda birinchi Benefis 1924-y. da atoqli aktrisa Maʼsuma Qoriyevaning Halima (F. Zafariy, «Halima») rolini 100marta ijro etishi munosabati bilan oʻtkazildi. 1925-y. dan sobiq Ittifokda, jumladan Oʻzbekistonda Benefis bekor qilinib, uning oʻrniga artistlarning ijodiy kechalarini uyushtirish rasm boʻlgan. 1958-y. Otello (U. Shekspir, «Otello») rolini 500-marta ijro etilishi munosabati bilan A. Hidoyatovning ijodiy kechasi (B. i) oʻtkazilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые