POLTAVA VILOYATI

POLTAVA VILOYATIUkraina tarkibidagi viloyat. 1937-y. 22 sent. da tashkil etilgan. Chap Sohil Ukrainasining markaziy qismida joylashgan. Mayd. 28,8 ming km2. Aholisi 1723,9 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar va ruslar yashaydi. Poltava viloyatida 25 maʼmuriy tuman, 13 shahar, 23 shaharcha bor. Markazi — Poltava sh. Boshqa muhim shaharlari: Kremenchug, Lubni, Mirgorod, Piryatin, Xorol, Gadyach. Poltava viloyati Dnepr sohili va qirda joylashgan. Yer yuzasi tekislik (balandligi shim.-sharqda 170—202 m, jan.-gʻarbida 60 —100 m). Dnepr tomon qiya. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5,5°, — 7,6°, iyulniki 20—21,7°. Yillik oʻrtacha yogin 430—560 mm (asosan, yezda yogʻadi). Daryolari Dnepr havzasiga mansub: Sula, Psyol, Vorskla. Hududining 70% ni oʻrtacha chirindili qoratuproq egallagan. Tabiiy dasht oʻsimliklari deyarli saqlanmagan. Oʻrmon va butalar hududining 7,5%ni egallagan (dub, shumtol, berest, joʻka, grab). Oʻrmonlarda los, yelik, qobon, boʻri, boʻrsiq, tulki, dashtlarda sassiqkoʻzan, malla tovushqon, olaxurjun, yumronqoziq, qushlardan qironqora, turna, yovvoyi oʻrdak va gʻozlar, bedana, chil, kaklik, toʻrgʻaylar yashaydi. Dare va koʻllar baliqqa boy. Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik. Korxonalari, asosan, Poltava (teplovoz taʼmirlash, turbomexanika, «Ximmash», avtoagregat va b. z-dlari), Kremenchug (avtomobil, vagonsozlik, yoʻl mashi-nalari), Lubni (stanoksozlik, mashinasozlik, hisoblash mashinalari), Karlovka (oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar) sh. larida joylashgan. Kimyo sanoati tez rivojlanmoqda (Kremen-chugda neftni qayta ishlash va qurum z-dlari, Lubnida kimyo-farmatsevtika, Poltavada sunʼiy olmos va olmos as-boblar z-dlari), Kremenchugda ruda boy-itish k-ti qurilgan. Oziq-ovqat sanoati yetakchi oʻrinda (viloyat sanoat mahsulotining 31%). Yengil sanoatda (8%) ip yigiruv, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik korxonalari ishlab turibdi. Yogʻochsozlik (3%) ham rivojlanmoqda. Qurilish materiallari sanoatida granit qazib olinadi va qayta ishlanadi, te-mir-beton konstruksiyalar, gʻisht, keramzit shagʻali ishlab chikariladi.

Q. x. gʻallachilik, qand lavlagi yetishtirish bilan birga sut-goʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan, Asosiy tarmogʻi — dehqonchilik, q. x. mahsulotining 52,6% ini beradi. Gʻalla, kartoshka, sabzavot, texnika, ozuqa ekinlari ekiladi. Ukrainadagi dorivor oʻsimliklarning 14% P. v. da yetishtiriladi (asosan, Lubni tumanida). Chorvachilik sut-goʻshtga ixtisoslashgan; qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda, quyon boqiladi. Asalarichilik rivojlangan.

Asosiy transport turi — t. y. (uz. 853 km). Avtomobil yoʻllari 10,5 ming km. Dnepr daryosida, qisman Sula daryosida kema qatnaydi. Poltava sh. havo yoʻli orqali Kiyev, Moskva, Ukrainaning viloyat markazlari va tumanlari bilan bogʻlangan. 5 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 12 muzey, Mirgorod balneologik kurorti, sanatoriylar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x