REZONATOR

REZONATOR (lot. resonare — akssado bermoq) — rezonans hodisasi sodir boʻladigan tebranma tizim. Rezonatorga tashqi oʻzgaruvchan kuch taʼsir etganda unda majburiy tebranishlar hosil boʻladi. Rezonatorning akustik, elektromagnit va b. xillarimavjud. Oddiy akustik Rezonator — tor, kamerton, membrana va b. Oddiy elektromagnit Rezonator tebranish konturidir. Oʻta yuksak chastota (109 — 10» Gs) diapazonida berk (hajmiy) Rezonatorlar, millimetrli, submillimetrli va optik radiotoʻlqinlar diapazonida ochiq R. lar ishlatiladi. Koʻzgular tizimidan iborat R. optik, kristall plastinkalardan iborat R. kvars R. deb ataladi. Rezonator musiqa asboblarida, kup texnik qurilmalarda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x