AKKUMULYATOR

AKKUMULYATOR (lot. accumulator — toʻplovchi) — keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr A. elektr toki taʼsirida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr Akkumulyator musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida potensiallar farqi hosil boʻladi. Bu farq eyuk (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, Akkumulyatorlar kislotali va ishqorli xillarga boʻlinadi. Kislotali Akkumulyator larda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elektrod sifatida qoʻrgʻoshin oksidi, manfiy elektrod sifatida qoʻrgʻoshin ishlatiladi. Bunday Akkumulyator lardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Ishqorli Akkumulyatorlar elektrodining xiliga karab, kadmiy-nikelli va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiyli boʻladi. Kadmiy-nikelli Akkumulyator musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kadmiy aralashtirilgan temirdan tayyorlanadi. Elektrolit sifatida oʻyuvchi kaliy eritmasi yoki oʻyuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qoʻshilgan aralashma ishlatiladi. Akkumulyator zaryadlanish va zaryadsizlanish vaqtidagi oʻrtacha kuchlanish (har bir elementga 1—2 V) va sigʻim (amper-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun Akkumulyatorlar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiy-nikelli va temir-nikelli Akkumulyator aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush-ruxli va kumush-kadmiyli Akkumulyator aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va b. da ishlatiladi. Issiqlik A. tarmoqdagi bugʻ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik Akkumulyator gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100—300 atm bosim ostida suyuqlikni yigʻib, gidravlik presslarga va b. mashinaqurollarga bir meʼyorda berib turadi. Inersion Akkumulyator maxovikdan iborat boʻlib, undan turli mashinalar, transport vositalari va b. da foydalaniladi. Soatlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya Akkumulyatori hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x