AKVARIUM BALIQLARI — akvariumda yashab va koʻpaya oladigan baliqlar. Koʻpchilik turlari maydaligi, antika qiyofasi va ajoyib rangi bilan boshqa baliklardan ajralib turadi. Aksariyat Akvarium baliqlari tabiiy sharoitda tropik va subtropik oʻlkalardagi chuchuk suv havzalarida yashaydi. Dengiz baliklarini akvariumda koʻpaytirish qiyin. Akvarium baliqlariga karpsimonlar (barbuslar, danio, kardinal va b.), xaratsinidlar (neonlar, tetralar va b.), karptishlilar (gambuziya, guppi, platipetsil, afiosemionlar va b.), okunsimonlar (gurami, ipdorlar, xoʻrozchalar, skalyariylar, sentrarxidlar, sixlidlar va b.), laqqasimonlar (kallixtidlar) oilalariga mansub boʻlgan bir necha yuzlab turlar kiradi. Akvarium baliqlari orasida ay-niqsa guppi, danio, barbuslar, skalyariylar, laqqachalar, neonlar, nanostomuslar va b. mashhur. Akvarium baliqlarini parvarish qilish va kuzatish organik olamni idrok etishda katta ahamiyatga ega. Akvarium baliqlarini parvarish qilayotgan bolalar dastlabki mehnat faoliyati koʻnikmasiga ega boʻlishadi, ularda jonivorlarga gʻamxoʻrlik qilish odati shakllanadi. Akvarium baliqlari ustida genetika, biokimyo va bionika sohasida turli tadqiqotlar ham olib boriladi. Mas, guppi va medaklar ustida genetik tadqiqotlar oʻtkazilgan. Uzoq formalarni chatishtirish orqali Akvarium baliqlarining yangi zotlari chikarilgan. zamonaviy akvariumlarda i. t. maqsadlarida har xil baliqlar, jumladan yirik akulalar ham boqiladi. Bunday akvariumlarda baliqlarning hayoti, xulq-atvori oʻrganiladi, yangi zotlar chiqarish ustida seleksiya ishlari olib boriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые