RUHONIY

RUHONIY — diniy lavozimda xizmat qiluvchi, dinni targʻib etuvchi kishi, din peshvosi. Ruhoniy buddizm, iudaizm, xristianlik, hinduiylik, islom va b. dinlarda mavjud. Ruhoniy monoteistik dinlar kelib chiqishi bilan paydo boʻlgan. Kohinlar Ruhoniy larning oʻtmishdoshi hisoblanadi. Ruhoniy larning oliy tabaqasiga xudoning yerdagi noibi (katolitsizmda — Rim papasi) yoki xudoning unda mujassam boʻlishi (lamaizmda — dalaylama, ismoiliylarda — firqa boshligʻi) deb eʼtiqod qilinadi.

Pravoslav cherkovida Ruhoniylar qora Ruhoniylar (monaxlik turmush tarzini qabul qilganlar) va oq Ruhoniy larga boʻlinadi. Rus pravoslav cherkovida Ruhoniylar moddiy jihatdan cherkov qavmlari tomonidan taʼminlanadi. Ular diniy seminariya va akademiyalarda tayyorlanadi.

Islom dini endigina yoyilayotgan davrda davlat va diniy jamoa birbiridan ajralmagani uchun maxsus Ruhoniy boʻlmagan. Maʼmuriy-siyosiy ishlar bilan shugʻullangan kishilar Ruhoniylar vazifasini ham bajargan. Maʼlum vaqt oʻtgandan soʻng Ruhoniylar qatlami vujudga kelgan va tabaqalanish boshlangan. Sunnishikda oliy ruhoniy muftiy hisoblanadi, shialikda oyatulloh, hujjat alislom, shayx ulislom va h. k. Shariat ishlarini boshqaruvchi faqih, qozi, aʼlam va b., dare beruvchi mudarrislar ham Ruhoniylar tabaqasiga kiradi. Oʻzbekistonda islom dini uchun ruhoniy kadrlar Toshkent islom institutы, Mir Arab madrasasi va b. turli diniy bilim yurtlarida tayyorlanadi. Ruhoniy jamiyatning maʼnaviy hayotiga muayyan taʼsir koʻrsatadi.

Keyingi paytlarda «Ruhoniy» atamasi islomdan boshqa din arboblariga qoʻllaniladigan boʻldi. Islomda bu soʻz oʻrnini ulamo soʻzi egallagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x