Rustamova Xosiyat

Tarjimai hol

Xosiyat Rustamova — O‘zbekistonning eng yosh yozuvchilaridan biri. So‘zlari haqiqatda rost, dardli va ajabtovur tarzda samimiy, eng muhimi, u mukammallikning cheksizligini anglagan va ijod ilohiy ish ekanligini tushungan ijodkor. Shoira 2004 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Xosiyat Rustamova 1971 yilning 19 mart sanasida Namangan viloyati, Pop tumaninig Olmos qishlog‘ida tavallud topgan. 1988 yili o‘rta maktabni tugatgan.

So‘ngra, Toshkent Davlat universitetiga (hozirgi Milliy universitet) o‘qishga kirgan. 1993 yil ushbu oliy dargohni tugatgach, turli gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. Uning ilk she’riy namunalari talabalik yillaridayoq mahalliy matbuotlarda dunyo yuzini ko‘radi.

Birinchi kitobi esa 1997 yil “Osmondagi uy” nomi bilan bosmadan chiqqan. Xosiyat Rustamova she’rlarida ayol qalbining iztirobli onlari ishqiy tuyg‘ularga hamohang tarzda ifodalanadi, yosh shoira she’rlarida fikriy teranlik ilk ijodidayoq o‘quvchini o‘ziga rom eta boshlagan edi. Shundan so‘ng uning “Najot” (2003) va “Rizo” (2004) kitoblari chop etiladi.

Ne ma’no bor so‘nggi yig‘ida,

Ne qayg‘ular baxsh etar davron.

Kel, ko‘zimning ochiqligida —

Senga to‘yib olayin osmon.

Hushlar shoshib boshimdan uchdi,

Ergashtirib olgancha tunni.

O‘tgan umrim esimga tushdi —

Eslatmagin qolgan umrimni…

 

 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x