PEREDVIJNIKLAR (rus) , sayyor koʻrgazmachi rassomlar — Ros-siyada 19-a. 70-y. larida yuzaga kelgan koʻchma badiiy koʻrgazmalar birodarligi, badiiy uyushma (1870—1923) aʼzolari Peredvijniklar deb atalgan; bu ibora 20-a. ning 50—60-y. larida uzbek matbuot va ada-biyotlarida ishlatilgan; hoz. kunda «sayyor rassomlar» iborasi ishlatiladi. Tashabbuskorlari G. G. Myasoyedov, I. N. Kramskoy, N. N. Ge, V. Perov vab. Jamiyatdagi ilgʻor ijtimoiy va estetik qarashlar taʼsirida boʻlgan Peredvijniklar mamlakatdagi yaxshi anʼanalarni rivojlantirdi, koʻrgazmalar tashkil etdi, maʼrifatparvarlik ishlarini keng yoʻlga qoʻydi. Birinchi koʻrgazma 1871-y. 29 okt. da Peterburgda ochilgan, soʻngra bu koʻrgazma mamlakatning boshqa oʻndan ortiq shaharlarida namoyish etilgan. Peredvijniklar ijodiy metodi tanqidiy realizmga asoslangan. Xalq hayoti va tarixi, oʻlka va uning tabiati demokratik nuktai nazardan tasvirlandi, meh-natkash xalq ulugʻlandi, rus xalqining ozodlik harakati qizgʻin maʼqullandi. Peredvijniklar ijodida maishiy janr, portret yetakchi oʻrin tutdi, tarixiy janr rivojlandi. Uning saflarida I. Repin, V. Surikov, V. Vasnetsov, V. Perov, K. Saviskiy, I. Levitan, V. Serov va b. boʻlgan. Peredvijniklar anʼanalari 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida uzbek tasviriy sanʼatiga kirib keldi. I. Kazakov, L. Bure, N. Rozanov va ularning shogirdlari B. Hamdamiy, A. Abdullayev, L. Abdullayev va b. rassomlar ijodida shu taʼsirni koʻrish mumkin.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии