MINTAQA

MINTAQA — Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. Mintaqa shartli boʻlishi (mas, soat mintaqalari) yoki bir va yoki bir necha belgilari (mas, vulkan, tektonik, issiklik Mintaqa lari) bilan farq qilishi mumkin. Tabiiy geofafiyada Mintaqa — yuqori zonal taksonomik geografik birlik (q. Geografik zona).

Mintaqa tabiatga taʼsir etuvchi asosiy omillarning qonuniy oʻzgarishi oqibatida hosil boʻladi. Mac, Quyoshdan keladigan radiatsiya ekvatordan shim. va jan. tomonlarga kamaya borishidan issiqlik M. lari vujudga keladi. Kenglik Mintaqalari bilan bir qatorda balandlik (vertikal) M. lari ham boʻladi (q. Geografik mintaqa). Balandlikka koʻtarilgan sari havo t-rasi, namligi, tiniqligi va bosimi oʻzgaradi. B. tabiat komplekslarini oʻzgarishiga olib keladi (q. Balandlik mintaqalari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x