PENSON Maks Zaxarovich (1883, Velij qishlogʻi, Smolensk yaqinida — 1959, Toshkent) — fotograf, Oʻzbekistonda foto sanʼati asoschilaridan. 1915-y. Turkistonga kelgan. Qoʻqondagi hunar maktablarida rassomlik sanʼati va chizmachilikdan dars bergan, keyinchalik fotografiya bilan shugʻullangan. 1921-y. dan «Pravda Vostoka» gaz. da fotomux-bir. P. Oʻzbekistonning fotoyilnomasini yaratishga hissa qoʻshgan. «Oʻzbek madonnasi», «Oʻgʻil savod chiqardi» va b. fotosuratlari haqiqiy fotosanʼati asaridir. Penson respublika va xorijiy foto koʻrgazmalari ishtirokchisi. Uning foto suratlari respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan. Pensonning oʻgʻillari Miron Maksiyevich (1928.15.3) va Zaxar Maksimovich (1930.6.12), qizi Dina Maksimovna (1932.23.5) ham moxir fotograflardir.
Ad.: Xodjayev F., Maks Penson, M., 1973.