FRANK Ilya Mixaylovich (1908 — 1990) — rus fizigi, akad. (1968), Moskva un-tini tugatgan (1930). Davlat optika intida (1930—34), SSSR FA Fizika intida (1934—1970) ishlagan. Neytron fizikasi lab. mudiri (1957-y. dan, Dubna), Yadro tekshirishlar in-ti lab. mudiri (1971-y. dan). Moskva un-ti prof. (1940-y. dan). Ilmiy ishlari fizik optika, neytron va past energiyali yadro fizikasi sohasiga oid. Vavilov — Cherenkov nurlanishi nazariyasini (I. Ye. Tamp bilan hamkorlikda) ishlab chiqdan. Yadro reaksiyalari ustida qator eksperimental va nazariy ishlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (1958; hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые