XAYNAN

XAYNAN — Xitoydagi provinsiya. Jan. Xitoy dengizidagi orodda. Materikdan Xaynan boʻgʻozi orqali ajralgan. Mayd. 34,3 ming km2. Aholisi 7,5 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Xaykou sh. Relyefi, asosan, tekislik, jan. da togʻlar (eng baland joyi 1867 m) bor. Iqlimi mussonli, tropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha trasi 16—19°, iyulniki 29°. Doim yashil oʻrmon va butazorlar bor. Iqtisodiyotida q. x. yetakchi oʻrinda. Sholi, paxta, shakarqamish ekiladi. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo va rezina, oziq-ovqat (choy, shakarqand, kokos yongʻogʻi, konserva) sanoati korxonalari mavjud. Provinsiya 1988-y. da tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x