BANK KAFOLATI

BANK KAFOLATI — kafil banklar (garant banklar)ning mijozlari majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi. Mijozlar qarzlarini oʻz hisobidan va oʻz muddatida toʻlay olmagan hollarda banklar ularning topshirigʻiga koʻra va ularning hisobidan majburiyatlarni zimmasiga oladi. Qarz tegishli taʼminot (garov) asosida bank tomonidan toʻlanadi. Kafil banklarning kreditor yoki eksportyor oldida qarzdor yoki importyorning kontrakt boʻyicha toʻlov majburiyatlari ijrosini kafolatlashi; mijozning oʻzga shartnoma majburiyatlari ijrosini pul shaklida taʼminlash (avansni qaytarish, savdo kelishuvi yoki kontrakt shartlarini bajarish va b.) keng tarqalgan toʻlov kafolatlariga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x