MAHDIYXON

MAHDIYXON Muhammad Nizomiddin Muxammad Hodiy al-Husayniy (18-a.) — tilshunos olim. Astrobodda tugʻilgan. Eron shohi Nodirshohning (1736 — 47) shaxsiy kotibi boʻlgan. Mahdiyxonning ilmiy merosi tarix, insho, filologiya va fizikaga oid. «Tarixi Nodiriy» va «Durrai Nodiriy» kabi tarixiy asarlari Yevropa tillariga tarjima qilingan. Mahdiyxonning fizikaga oid «Kitobi javohir attabiiya» («Tabiat javohirlari kitobi») asari 1888-y. da Haydarobodda nashr qilingan. Mahdiyxon sharqshu-noslikka oid «Sangloh» («Maboni ullugʻot») kitobida Alisher Navoiy asarlari misolida oʻzbek tili grammatikasini fonetik va morfologik jihatdan taxlil qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x