MASTIT

MASTIT (yun. mastos — koʻkrak, siyna) — odam sut bezining yalligʻlanishi; kasallik aksariyat tuqqan ayollar va xrmiladorlarda kuzatiladi. Ahyonda chaqaloqlarda, erkaklarda ham uchraydi. Mastitga stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchasi va b. sabab boʻladi. Ayol organizmidagi surunkali yalligʻlanish kasalliklarida infeksiya gematogen (qon orqali) yoki limfogen (limfa orqali) yoʻl bilan oʻtishi ham mumkin. Koʻkraqsa sut turib qolishi (laktostaz), shuningdek, immunitet pasayishiga olib keladigan holatlar (tugish), sanitariyagigiyena qoidalariga amal qilmaslik va h. k. M. ning rivojlanishiga imkon beradi. Mastitning oʻtkir (seroz, infiltrativ, abssesslashgan, flegmonoz, gangrenoz) va surunkali (infiltrativ) xillari farq qilinadi. Kasallikda sut bezi ogʻriydi va taranglashadi, zararlangan qism terisi qattiklashib, qizaradi, bemorning t-rasi koʻtariladi, baʼzan eti uvishadi. Mastitning dastlabki belgilari sut bezi soʻrgʻichining yorilishi va b.) koʻzga tashlanishi bilan vrachga koʻrsatilsa, oʻz vaqtida oldini olish mumkin. Ayol homiladorlik vaqtidayoq sut bezini chiniqtirishi va bola emizishga tay-yorlashi lozim. Mastitning oldini olishda chaqaloqni toʻgʻri emizish va sarishtalik qoidalariga rioya qilish muhim. Sut bezida sut turib qolmaslik, bola emganidan keyin sut qolsa, uni sogʻib tashlash kerak.

Bemor doridarmonlar bilan davolanadi. Ogʻirroq hollarda jarrohlik usuli qoʻllanadi.

Jamshid Narchayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x