Tarjimai hol
Shipulin Yuriy Gennadevich 13 fevral 1943 yilda Chimboy shahri Qoraqolpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, millati rus.
1960 yilda Navoiy tumanidagi 4-son o‘zbek o‘rta maktabini tamomladi.
1961 yilda “Elektr tarmoqlari va tizimlari” mutaxassisligiga Toshkent politexnika institutini kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirdi. Mehnat faoliyatini 1962 yilda Toshkent shahar elektromontaj boshqarmasida elektromonter vazifasidan boshladi.
1964 yildan 1967 yilgacha Sovet Armiyasi safida harbiy xizmatda bo‘ldi.
1970 yilda Toshkent politexnika institutini “Avtomatika va telemexanika” kafedrasida o‘qishni bitirib, “Radioelektronika asoslari” kafedrasida assistent, “Avtomatika va telemexanika” kafedrasida laboratoriya mudiri, assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimida ishladi.
1984 yilda nomzodlik dissertatsiyasini va 2007 yilda doktorlik dissertaiyasini yoqlab, 2008 yildan “Avtomatlashtirish va boshqaruv” hozirgi vaqtda “Intellektual muhandislik tizimlari” kafedrasida professor lavozimida ishlamoqda.
Turistik yo‘llanma bilan 1976 yilda Finlyandiya, 1978 yilda Frantsiyada xizmat safarida bo‘lgan.
Ilmiy rahbarligida 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi. Ayni vaqtda 5ta doktorlik dissertatsiyasi nomzodalariga ilmiy konsultant vazifasini bajarmoqda.
250 dan ortiq ilmiy ishlar, shulardan 4 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanmalari va 18 ta patent va avtorlik guvohnomalarini muallifi. 6ta innovatsion loyiha va 1ta fundamental loyihalarga ilmiy rahbar sifatida faolliy ko‘rsatmoqda. Loyihalar natijalari O‘zbekiston Respublikasini turli sanoat koronasida bevosita tadbiq qilingan.
O‘zR VM xuzuridagi Test markazida nostrifikatsiya bo‘limida ekspert. UzR Oliy attestatsiya komissiyasida ekspert, “Izvestiya VUZov. Priborostroyeniye” jurnalini tahrir hay’ati a’zosi sanaladi.