MAKROIQTISODIYOT (makro… va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar Makroiqtisodiyot oʻrganadigan obyektlar hisoblanadi. Ayni paytda Makroiqtisodiyot mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyatsiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida i. ch. hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni i. ch., taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham Makroiqtisodiyot predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy i. ch. va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Makroiqtisodiyotning asoslari ingliz olimi J. M. Keynsiint 1936-y. da nashr etilgan «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida bayon etilgan. Hoz. zamon M. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida (yana q. Mikroiktisodiyot).
Ad.: Bunkina Makroiqtisodiyot, Semenov V. A., Makroekonomika, Makroiqtisodiyot, 1996; Hakimova Makroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot, T., 1997.
Shonazar Ermamatov.