Umarbekov Javlon Yusupovich

Tarjimai hol

Shuhrat sari qadamni 1961 yil, P.P. Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtiga o‘qishga kirib tashlagan. U yerda u tabiat in’om etgan iqtidorini rivojlantirib, rassomchilikning asosini o‘rgangan. 1966 yil o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, Javlon Umarbekov Moskvaga o‘qishga ketishga qaror qiladi. O‘z davrining ko‘plab iqtidorli rassomlari singari u ham Butun ittifoq Davlat kinematografiya institutida tahsil oladi. Uning ijodiy ustozi I.P. Ivanov-Vano bo‘lib, uning ustaxonasida tasviriy san’at sirlaridan boxabar bo‘lgan. Uning o‘quvchilari orasida Yuriy Pimenov, Vitaliy Tokarev va boshqa taniqli rassomlar bo‘lgan.

Ushbu bilim yurtda rassomning o‘z yo‘nalishi shakllanadi. Unga bahobat va go‘zallik, nozik bo‘laklar tasnifi va she’riyat, harakat sari muhabbat xos. Qa’iy mehnalarining natijasi turli tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtirok bo‘ldi. O‘zining ona vatanida Javlon XX-asrning eng ko‘zga ko‘ringan shaxslari qatorida qadrlanadi. Ammo u nafaqat o‘z xalqining san’ati, balki butun dunyo tarixiga ta’sirli hissa qo‘shdi.

Javlon Umarbekov Rassomlar uyushmasiga erta kirgan — 1972 yil. Ushbu hodisa bilan yana bir tantanavor voqea bog‘landi — Moskvada u “Mening do‘stim” kartinasi uchun oltin medal bilan taqdirlangan. O‘qishni tamomlagach, u ona vataniga qaytadi va ijodining eng baland cho‘qqilariga erishishga muvaffaq bo‘ladi.

1972 yildan 1974 yilga qadar Javlon ona Toshkentidagi Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida bosh rassom lavozimida faoliyat yuritadi.

1974 yil Javlon Umarbekov Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomchilik institutida dars berishni boshlaydi. 1976 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi. Yuqori boshqaruvchilik lavozimlari rassomning ijodiga ta’sir ko‘rsatmadi. U hanuz san’ati birinchi o‘ringa qo‘yishda davom etardi.

Hayot yo‘lida Javlon Umarbekovni doimiy mukofotlar kuzatib borardi. 1977 yil u “Katta suv” nomli asari uchun Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi mukofotiga Moskvada sazovor bo‘ladi. 1982 yil rassomga Xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni topshiriladi. Rassomlar uyushmasi a’zosi sifatida Javlon Umarbekov Yaponiya va boshqa shaharlarda bo‘lib keladi.

Samarali ijodiy faoliyatiga qaramay, u hayotida siyosatga ham o‘rin topadi. Boshqarma boshlig‘i bo‘lish bilan birgga, 1984-1987 yillar u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qiladi. Shuningdek, ona yurtida Oliy Kengashning 11-chaqiriq, 12-yig‘ilishi deputati ham bo‘lgan.

1989 yil Javlon Umarbekov O‘zbekiston xalq rassomi unvoniga sazovor bo‘lgan.

Uning ijodiy ko‘rgazmalari dunyoning turli shaharlari va davlatlarida katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazib kelinadi — Al-Jazoir, 1978-yil, Germaniya (G‘arbiy Berlin, 1980-yil), Avstriya (Vena, 1985-yil), FRG (Dyusseldorf, 1988-yil), AQShdagi sayyor ko‘rgazma (Vashington va boshqa shaharlar, 1998-2002 yillar.)

Uning polotnolari dunyoning eng ommabop muzeylarida saqlanadi. Bular Moskvadagi tretyakov galereyasi, Nyu Yorklagi BMT shtab-kvartirasi, Avstriya, Quvayt, Yaponiya va Ovrupa mamlakatlaridagi boshqa galereyalar.  Rassomning barcha kartinalari ko‘tarinkilik va sharqonacha hayot tushunchasi bilan yo‘g‘rilgan.

1991 yil “Mustaqillik” medali bilan mukofotlangan.

1997 yil O‘zbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy a’zosi etib saylangan.

2002 yil unga K. Behzod nomidagi san’at va dizayn Milliy instituti tomonidan professor unvoni berilgan.

Shaxsiy ko‘rgazmalari:

• 2006 y. — tavalludining 60 yilligi va ijodiy faoliyatining 40 yilligi munosabati bilan. O‘MB Galereyasi, Toshkent.

• 1976 y. — “Ilxom”, Ijodiy yoshlar klubi, Toshkent.

• 1978 y. — Aljirning Milliy san’at galereyasi, Al-Jazoir.

• 1980 y. — “Do‘stlik” san’at galereyasi, Janubiy Berlin.

• 1985 y. — Milliy rassomchilik san’at muzeyi, Vena, Avstriya.

• 1988 y. — Rassomchilik galereyasi, Dyusseldorf, Germani FR, 1989 y. — SDX, Moskva.

• 1990 y. — “100 kartina” ko‘rgazmasi, “Madaniyat” paviloni, Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi, Toshkent.

• 1997 y. — O‘zR Tasviriy san’at davlat muzeyi, Toshkent, Tavalludining 50 yilligi va ijodining 30 yilligi munosabati bilan.

• 1998-2002 yillar — AQShning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab sayyor ko‘rgazma. Vashington, Nyu-York, Filadelfiya, Mayami.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x