O‘quvchilardan mobil telefonni olib qo‘yish mumkinmi?

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Savol: O‘quvchi maktabga telefon olib kelsa o‘qituvchi telefonni olib qo‘yish huquqiga egami?

Javob: O‘quvchilarning ta’lim muassasasida mobil telefondan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Dars vaqtida mobil telefon yordamida so‘zlashish, qisqa habarlar almashish, o‘yin o‘ynash, internet saytlariga kirish, musiqa tinglash va boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

❕O‘quvchining mobil telefonini olib qo‘yish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan “ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi o‘quvchilardan telefonni olib qo‘yish, ushbu holat to‘g‘risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to‘g‘risida ogohlantirish berish huquqiga ega.

Maktabda mobil telefondan foydalanish talablarini buzgan o‘quvchi ikki martagacha direktor, direktor o‘rinbosarlari va pedagoglar tomonidan tegishli tartibda ogohlantiriladi. Talablar uchinchi marta yoki ikkinchi marta o‘ta qo‘pol tarzda buzilgan holatda pedagoglar tashabbusi bilan 2 nafar pedagog (biri sinf rahbari bo‘lishi maqsadga muvofiq) va 2 nafar o‘quvchi guvohligida mobil telefon o‘quvchidan olib qo‘yiladi, ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqinlari ishtirokida muhokama qilinib, chora ko‘rilgandan so‘ng qaytarib beriladi.

❗️Shuningdek quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

    👉telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

    👉telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

    👉telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;

    👉telefonni stol ustiga qo‘yish, musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;

    👉surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

    👉suratga olish va video tasvirga tushirish, telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

✅Qanday hollarda o‘quvchilarga mobil telefon ishlatishga ruxsat beriladi?

O‘quvchilar maktabga kirishdan oldin, katta tanaffus va tanaffuslarda ota-onalari, vasiylari yoki yaqinlari bilan ta’lim muassasasiga yetib kelganligi, o‘zining xavfsizligi va salomatligi to‘g‘risida, oxirgi darsdan keyin (yoki ma’lum sabablarga ko‘ra avvalroq) ta’lim muassasasidan ketayotganligi to‘g‘risida xabar berish uchungina mobil telefondan foydalanishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x