XOGART

XOGART (Hogarth) Uilyam (1697.10.11 — London — 1764.25.10) — ingliz rangtasvir ustasi, grafik rassomi va sanʼat nazariyotchisi. Londondagi J. Tornxill akademiyasida taʼlim olgan. 1743 va 1748-y. larda Fransiyada boʻlgan. X. asarlari demokratik ruhi, oʻta hayotiy tavsifi, realistik usuli bilan ajralib turadi («Kapitan T. Korem», 1740; «Avtoportret», 1745; «Qiz qisqichbaqalar bilan» va b.). Biroq Xogartga ingliz hayotidagi nuqsonlarni fosh etuvchi Yevropa maʼrifatparvarligi ruhidagi hajviy kartinalari va gravyuralari shuhrat keltirdi («Urf boʻlgan nikoh» gravyuralari, 1743—45; «Jin tor koʻchasi» va «Pivo koʻchasi» gravyuralari, 1751; «Saylovlar», taxm. 1754 va b.). X. «Goʻzallik taxlili» nazariy risolasida hayotni uning oʻziga xos koʻrinishida bera oladigan asimmetrik, differensial shakllarni dalil qoʻllashga undaydi; uning gʻoya va asarlari 18-a. Yevropa madaniyatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan (Angliyada — L. Stern, Germaniyada — E. Lessing, G. K. Lixtenberg va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x