XINDEMIT

XINDEMIT (Hindemith) Paul (1895.16.11, Xanau 1963.28.12, FrankfurtMayn) — nemis kompozitori, skripkachi, dirijyor, musika nazariyotchisi. 20-a. musiqa namoyandasi, musiqiy neoklassitsizm vakili. FrankfurtMayn konservatoriyasida taʼlim olgan (1909— 15). Shu shaharda opera teatrida skripkachikonsertmeyster (1915—23), torli kvartet sozandasi (alt, 1921—29), Berlindagi Oliy musiqa maktabi prof. (1927—37). 1938-y. dan Shveysariya va 1940-y. dan AQSH da yashagan. Ijodiy uslubi rivojlangan polifoniya vositalari, kompozitsion muvozanatli shakllar, vazmin obrazlari bilan ajralib turadi. Keng va serqatlam badiiy merosida yirik, rivojlangan dramaturgiyaga asoslangan janr (opera, simfoniya, sonata, konsert kabi)lar bilan birga havaskor musiqa jamoalar hamda bolalar ijrosiga moʻljallangan ommabop asarlar urin olgan. Ayniqsa, «Kardilyak», «Rassom Matiss», «Koinot garmoniyasi» operalari, «Kamer musika» turkumlari, sonatalar, torli kvartetlar, simfoniyalar, «4 temperament» va b. baletlar, fortepiano va b. sozlar uchun konsertlari mashhur. Kompozitsiyata doyr kitob, qoʻllanma va dareliklar yaratib, oʻziga xos ijodiynazariy tamoyillarni kashf etgan. Shveysariyada «Xindemit jamgʻarmasi» faoliyat koʻrsatmoqda (1968-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x