FAGOT

FAGOT (ital. fagotto — tugun, boglam) — puflamatilchali musiqa cholgʻu asbobi. Taxm. 1530-y. larda bombarda (tilchali yogʻochpuflama soz) asosida ixtiro qilingan. Zarang yogʻochidan yasaladi, qoʻsh tilchali. Silindrkonus simon 2 asosiy (katta va kichik) va ularni oʻzaro bogʻlovchi qoʻshimcha kanali mavjud. Hoz. Fagotda chalgʻich teshiklari 25—30 ta boʻlib, 5—6 tasi barmoq bn, qolganlari klapanlar bilan berkitiladi. Oʻziga xos tembri, keng texnik imkoniyatlari tufayli asosiy yakkanavoz, ansambl va orkestr sozlari qatoridan oʻrin olgan. Kontrafagot turi ham bor. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, ayrim musiqa litsey va kollejlarida Fagot sinflari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x