Dunyo qit’alari nomlari, nega ular shunday nomlangan?

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Sayyoramizda dunyoning oltita qit’asi mavjud. Bular – Amerika, Afrika, Osiyo, Antarktida, Avstraliya, Yevropa. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, dunyoning bu qit’alariga nima uchun bunday nom berilgan? Bu nomlar qayerdan kelib chiqqan?

Amerika


Amerikani 1492 yilda Xristofor Kolumb rasman ochganini bilamiz. Uni Kolumbiya deb atash mantiqqa to‘g‘ri kelgan bo‘lardi. Gap shundaki, keksa Kolumb o‘lgunga qadar o‘zi kashf etgan yerlar yangi qit’aga tegishli ekanligini bilmagan. U Hindistonga yangi yo‘l ochdim deb o‘ylardi, aslida aynan shu maqsad bilan sayohatga chiqqandi. Shu sabab u tomonidan kashf etilgan yerlarning aholisi hindular deb nomlangan.
Amerika yana bir kashfiyotchi Amerigo Vespuchchining nomi bilan atalgan. U kashf etgan yerlar yangi qit’a ekanligini o‘z tadqiqotlari orqali tasdiqlab berdi.
Vespuchchi yangi qit’aga o‘z nomini abadiylashtirishga urinmadi, u bu yerga “Yangi dunyo” nomini berdi. O‘sha davrning taniqli kartografi Martin Valdzemyuller bu g‘oyani amalga oshirgan, aynan u yangi yerlarni Amerika deb atagan.

Afrika


Dunyoning ushbu qit’asi nomlanishining bir necha taxmini bor. Asosiysi Karfagen davriga to‘g‘ri keladi. Qadimgi karfagenliklar yaqin atrofda yashovchi qabilalarni “afri” deb atagan. Karfagen qulaganidan keyin bu yerlar Rim provinsiyasiga aylandi va “Afrika” deb nomlana boshlandi.

Osiyo


Ushbu nom qadimgi yunonlarning Prometey haqidagi afsonalaridan kelib chiqqan. Gerodot Prometeyning xotini Osiyoni tez-tez tilga olardi. Boshqa manbalarga ko‘ra, u uning onasi bo‘lgan. Chamasi, dunyoning bu qismi uning nomi bilan atalgan.

Antarktida


Yana qadimgi Yunoniston. “Antarktida” so‘zi yunoncha “Antarktika” so‘zidan “Arktika qarshisi” deb tarjima qilingan. Bu qit’a 1820 yilda Bellinsgauzen boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan.

Avstraliya


Bu yerda hammasi oddiy va afsonasiz. «Australis» lotin tilidan “Janubiy” deb tarjima qilingan. XVII asrda ushbu qit’ani gollandlar kashf etgan va unga “Yangi Gollandiya” deb nom bergan. Avstraliyaning qirg‘oqlarini o‘rgangan va o‘z kemasida birinchi bo‘lib aylanib chiqqan angliyalik Metyu Flinders boshqa nomni taklif qildi – “Avstraliya”. Qit’a oddiy va tushunarli ushbu nom bilan ko‘kardi.

Yevropa


Bu yer ham qadimgi yunon afsonalaridan xoli emas. Go‘zal Yevropa sermuhabbat Zevs qiziqishini uyg‘otgan Finikiyalik malika bo‘lgan. Zevs oq buqaga aylanib, uni olib ketadi. Butun qit’a uning nomi bilan bog‘langan bo‘lsa ajabmas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x