XAMMURAPI — Bobil podshosi (mil. av. 1792—1750). Uning davrida Bobil davlati ravnaq topgan. Amorey qabilasidan. Mohir siyosatchi va sarkarda boʻlgan. X. harbiy kuch va diplomatik yoʻl bilan oʻz podsholigining dastlabki 35 yilida Ossuriya, Mesopotamiyaning jan. va oʻrta kismini Bobilga tobe ettirgan. X. davrida tovarpul munosabatlari rivojlangan, xususiy quldorlar xoʻjaligi kuchaygan, davlatning markazlashuvi va podsho hokimiyatining mustahkamlanishi jarayoni usgan; X. qonunlari quldorlik tuzumi huquqining xarakterli belgilarini uzida aks ettirgan Qad. Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanaladi. X. qonunlari 282 moddadan iborat boʻlib, huquqning ayrim sohalariga tegishli sud protsessi, mulk huquqi, mulkning turli koʻrinishlari, yerga egalik, nikohoila, meros huquki va b. masalalarni oʻz ichiga oladi. Xususiy mulkchilikni, ayniqsa, quldorlikni qattiq himoya qilgan. Mac, unda qulni ugʻirlaganlik, qochgan qulni yashirganlik uchun oʻlim jazosi belgilangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые