KURTAK

KURTAK — 1) yuksak oʻsimliklarning novda kurtagi. Kurtak uchki qismida oʻsish konusi boʻlgan boshlangʻich poya va oʻzaro zich joylashgan har xil yoshdagi bargchalardan (vegetati v K.) yoki ular bilan birga oʻrnashgan boshlangʻich gul va tuigullardan (generativ Kurtak) iborat. Boshlangich gul Kurtak gʻuncha deyiladi. Qishlaydigan Kurtak sirtdan qoʻngʻir qobiq (shakli oʻzgargan barglar) bilan qoplangan. Kurtak novdaning uchida (uchki Kurtak), barg qoʻltigʻida (barg Kurtak) yoki poyaning boshqa qismlari, ildiz, baʼzan barglarda (qoʻshimcha K.) boʻladi. Bahorda yozilmaydigan va novdada rivojlanmay turgan Kurtak uyqudagi (yashirin) Kurtak deyiladi. Oʻsimlik kesilganida yoki singanida bunday K. dan yangi novda oʻsib chiqadi. Oʻsimliklarning bu xususiyatidan bir tur oʻsimlikni boshqa tur oʻsimlikka payvandlashda foydalaniladi; 2) baʼzi umurtqasiz hayvonlar (boʻshliqichlilar, halqali chuvalchanglar va b.)da ova organizmida rivojlanayotgan jinssiz yoki jinsiy yosh organizm.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x