KUBRATXON

KUBRATXON, Kuvrat,Kurt (584 642) — qad. bulgʻorlar xoni (632—642). Turk xoqonligi parchalangach (7-a. 30-y.

lari), dulo urugʻi vakili Kubratxon zudlik bilan Azov boʻyi dashtlaridagi tarqoq bulgʻor qabilalarini birlashtira boshlagan. Shu tariqa tarixiy manbalarda Boʻyuk Bulgʻoriya nomi bilan mashhur boʻlgan yangi davlat birlashmasi vujudga kelgan. Uning tarkibiga turkiyzabon bulgʻorlargiva emas, balki ugʻur (ugor) tilida soʻzlashuvchi qad. major (venger) qabilalari ham kirgan, lekin, yetakchi davlat tili [hukmron dulo urugʻining tili] — turkiy til boʻlgan, Bu — birlashma negizida elatlar shakllana boshlaganligidan guvoxlik beradi. Kubratxon vafoti bilan u tuzgan davlat ham parchalanib ketgan, ularga Kubratxonning oʻgʻillari — Batboy (katta oʻgʻli) va Asparux boshchilik qilishgan.

Ad.: Pletneva S. A., Kochevniki srednevekovya, M, 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x