KOSMIK RADIONURLANISH

KOSMIK RADIONURLANISH — kosmik obyektlar va har qanday kosmik jismlarning toʻlqin oʻz. 1 mm dan katta boʻlgan soqadagi nurlanishi. 1932-y. da amerikalik olim K. Yanskiy kashf etgan. Umumiy holda radionurlanish deyarli barcha jismlarga mansub boʻlib, baʼzilari kuchli (pulsarlar, kvazarlar, radiogalaktikalar), baʼzilari kuchsiz (Oy, sayyoralar, Quyosh, tumanliklar, Xabbl sinfi galaktikalari va b.) radio nurlar tarqatadi.

Har qanday Kosmik radionurlanish vujudga kelishi uchun maʼlum sabab boʻladi. Mac, Quyoshning radionurlanishi uning atmosferasi yuqori qatlamlaridagi keskin ionlashgan qaynoq plazma gazidan tarkaladi. Bu atmosferaning turli katlamlaridan turli radionurlanishlar kelayotgani sababli, vaqt davomida yuz berayotgan fizik hodisalar ham radiotoʻlqinlar orqali oʻrganiladi. Quyosh tojining t-rasi bir necha oʻn ming gradusli quyi qismida santimetrli radiotoʻlqinlar, t-rasi 2-106 gradusli eng yuqori qismida metrli radiotoʻlqinlar tarqaladi. Ayrim radiotoʻlqinlar Yer atmosferasidan oʻta olmaydi, xolos Ayniqsa, toʻlqin oʻz. 30 m dan katta boʻlgan Kosmik radionurlanish ionosferadan oʻta olmaydi, toʻlqin uzunligi kichik boʻlganlarini esa Yer atmosferasidagi suv bugʻlari va kislorodlar yutadi.

Kosmik radionurlanish xususiyatlari, mexanizmlari va uning manbalari fizikasi radioastronomiya fanida oʻrganiladi. Kosmik radionurlanish Yer sirtidan radioteleskop va radiointerferometrlar yordamida kuzatiladi. Radionurlarni kuzatishga ob-havoning taʼsiri deyarli sezilmaydi. Kosmik radionurlanishning xususiyatlarini oʻrganish Koinot toʻgʻrisidagi taassurotlarni maʼlum daraja kengaytiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x